Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Ulug‘bek vorislari” Toshkentda bellashadilar

img

Samarqand davlat universitetida respublika Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat Agrar universiteti, Jizzax davlat Pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti va Samarqand davlat universiteti jamoalari o‘zaro bellashdi.

To‘rtta shart natijalariga ko‘ra tanlovning hududiy bosqichida Samarqand davlat universitetining “Ulug‘bek vorislari” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Ulug‘bek vorislari” jamoasi endilikda ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.