Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat”

img

Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakultetida joriy yilning 22-may kuni “SOG‘LOM OILA-SOG‘LOM JAMIYAT” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda bir qator hamkor tashkilotlar, Respublika Aholi reproduktiv salomatligi markazi Samarqand filiali, “Sog‘lom avlod uchun” nodavlat xalqaro xayriya jamoat fondi, Samarqand shahar “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassislari, shuningdek, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.B.Tuxliyeva ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqganlar oila muqaddasligi va sog‘lom oila barpo etishda nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerakligi haqida ma’lumotlar berdi.