Springerlink platformasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy seminar 

img

2019-yil 13-iyun kuni soat 10:00 da SamDU Bosh bino faollar zalida Springerlink platformasidan foydalanish tartibi, ilmiy tadqiqot uchun ilmiy jurnallarni to‘g‘ri tanlash masalalari, ilmiy maqolalarni yozish va uni rasmiylashtirish tartibi hamda uni nufuzli xorijiy jurnalda chop ettirish, monografiya yozish va uni Springer Nature da chop ettirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Springer Nature kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili I.A.Aleksandrovaning ma’ruzasi tinglandi. Seminar ishida Samarqand shahridagi barcha OTMlardan 200 nafardan ortik yaqin professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.