Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O‘rta Osiyo qadimgi va o‘rta asr madaniyatlarining o‘zaro aloqadorligi: merosiylik va innovatsiya

img

2019-yil 14-iyun kuni Samarqand davlat universitetida «O‘rta Osiyo qadimgi va o‘rta asr madaniyatlarining o‘zaro aloqadorligi: merosiylik va innovatsiya» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Yalpi majlisni Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori H.Xushvaqtov kirish so‘zi bilan ochdi. Yalpi majlisda t.f.d. professor, R.H.Suleymanov, t.f.d. professor M.Djurakulov, dotsent N.U.Xolmatovlar ma’ruza qilishdi. Konferensiya shu’balarida arxeologik manbalar asosida qadimgi va o‘rta asr madaniyatlari o‘zaro aloqadorligida merosiylik va innovatsiyalar, shuningdek vatanimizning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti tarixi, shaharsozlik madaniyati va davlatchiligimiz tarixi, turizmni rivojlantirish istiqbollariga oid ma’ruzalar tinglandi.