Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Kitob – bilim ko‘zgusi

img

Samarqand davlat universiteti Filologiya fakultetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 15-iyun kuni fakultetning 3-bosqich talabalari o‘rtasida “Kitob – bilim ko‘zgusi” nomli kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni o’zbek tilshunosligi kafedrasining dotsenti A.G’afforov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Kitobxonlar 2 ta shart bo‘yicha bahslarga kirishdilar. 1-shart. “Tahlil” deb nomlanib, unda asarning mazmun-mohiyati, qahramonlari, uslubi, til xususiyatlari yuzasidan tahliliy ma’ruzasi. Bunda har bir talaba asarning biror yo’nalishi yuzasidan o’z fikrini bayon etadi.

2-shart. “Idrok xaritasi” yaratish. Bunda guruhlar o’z taqdimotini yaratadi.

Hakamlar - f.f.d. D.O’rinbayeva, dotsentlar A.G’afforov, O.Yusupova, o’qituvchilar D.Islomova, M.Bobotoyevlar talabalarning chiqishlarini baholashdi.

G‘olib kitobxonlar tanlov so‘ngida M.Hayitova “Eng zukko kitobxon”, S.Tursunova “Eng faol kitobxon”, M.Bo’riyeva “Eng ijodkor kitobxon” nominatsiyalari doirasida esdalik sovg‘alari va boshqa barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.