Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Korrupsiya – jamiyatimiz va kelajagimiz zavoli

img

19-iyun kungi Samarqand davlat universiteti kichik majlislar zalidagi tadbir aynan shunday ataldi. Tadbirga filologiya, tarix, mexanika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari qatnashdi. Yig’ilish ishtirokchilariga jamiyatimizda anchadan buyon katta muammo bo’lib kelayotgan korrupsiya va bu illatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida  Samarqand viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi katta tergovchisi Z. Xamdamov ma’lumot berdi. Bahs-munozaraga boy o’tgan tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.