Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Bahodir Yalangto‘shning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

img

2019-yil 20-iyun kuni Samarqand davlat universitetida Samarqand viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti, Samarqand davlat universiteti, Markaziy harbiy okrugi tashabbusi bilan «Bahodir Yalangto‘shning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari hamda Samarqand shahridagi qator oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari hamda xalq ta’limi, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi tarix fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari dastlab 1576-1656 yillarda yashab, Samarqandda ulkan obodonchilik ishlarini amalga oshirgan hukmdor Bahodir Yalangto‘sh mangu qo‘nim topgan Imom Maxdumi A’zam majmuasida bo‘lishdi. 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari yalpi majlisida «Bunyodkor va najotkor hukmdor - Yalangto‘sh Bahodir olchin», «Культура градостроительства в Самарканде в первой половине XVII века: традиции и инновации», «Amir Yalangto‘sh Bahodir», «Ялантуш-Бахадур – крупный политический деятель средневекового Мауереннахра» kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.