Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ilmiy- amaliy seminar «AQSh universitetlaridagi professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash tajribasi»

img

2019-yil 19-20 iyun kunlari Samarqand Davlat universitetida «Amerika universitetlaridagi professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash tajribasi» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar ishida AQSh Michigan universiteti Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari Markazi direktori professori Norman Graxam va Michigan universiteti Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari Markazi direktori o‘rinbosari professor Timur Xo‘jao‘g‘li qatnashishdi. Ular Amerika oliy ta’lim tizimi haqida, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning o‘quv va ilmiy faoliyatlari, dars berish mahoratlari va talabalarning darsni o‘zlashtirish samaradorligiga ta’sir qiladigan omillar to‘g‘risida ma’ruzalar qilishdi. Shuningdek, seminarda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan «O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash» loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida loyiha ijrochisi A.Yarmuxamedov ma’ruza qildi.
Seminar yakunida oliy ta’lim tizimida mavjud muammolar, kamchiliklar va ularni yechish masalalari muhokama qilindi.