Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Universitetda yoshlar kuni bayrami nishonlandi

img

Samarqand Davlat universitetida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori professor R. Xalmuradov hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi A. Aslanov talabalarni bayram bilan tabrikladi. Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari, “Universitet bahori” talabalar festivali g‘oliblari va boshqa faol talabalar diplom, faxriy yorliq, pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.