Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

OLIY TA’LIM MUASSASALARI REYTINGIDA SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 3-O‘RINNI EGALLADI

img

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining xalqaro tajribaga muvofiq takomillashtirilgan indikatorlar asosida joriy yilning fevral-iyun oylarida respublikaning 57 ta oliy ta’lim muassasalari (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilindi va 2019 yil 1 yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi:

Umumiy reytingda O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti yetakchi o‘rinlarni egallashdi.

Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilarning soni bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent moliya institutlari yetakchilik qilmoqdalar.

Kelgusida reyting natijalarini tahlil qilish asosida OTMlarni xalqaro reytingga kiritish bo’yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Bunda milliy reytingda dastlabki 10 talikka kirgan OTMlar orasidan kelgusida dunyo reytingiga kiritish mumkin bo‘lgan OTMlar haqida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Reyting natijalari asosida mahalliy OTMlardan 5 tasini QS, THE kabi xalqaro reyting agentliklarining ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash haqida OO‘MTVga taklif beriladi. Bu o‘z o‘rnida milliy OTMlarimizni dunyo universitetlari reytingiga chiqishiga dastlabki qadam bo‘lib xizmat qiladi.