Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SAMARQAND “SHARQ TARONALARI” XALQARO MUSIQA FESTIVALI MEHMONLARINI MUNOSIB KUTIB OLADI

img

Samarqand shahrida 26-30 avgust kunlari o’n ikkinchi marta o’tkazilishi kutilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg’in pallaga kirdi.

Festival  qatnashchilariga yurtimiz tarixini, madaniy merosimiz va azaliy udumlarimiz mohiyatini o’z ona tilida yetkazish maqsadida talabalar orasidan tarjimon-volontyorlar saralab olingan.

Xalqaro musiqa anjumani arafasida Samarqand  Davlat universiteti  professor-o’qituvchilari tomonidan festivalga volontyor sifatida jalb qilingan tarjimonlar uchun bir qator seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Besh kundan buyon davom etayotgan seminar-treninglardavolontyor sifatida tarjimonlik qiluvchi yigit-qizlarga xorijiy mehmonlar oldida o’zini tutish odobi,  azaliy urf-odatlarimizga hurmat, tarixiy-madaniy merosimizni asrash yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar, keyingi yillarda yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz bergan ulkan o’zgarishlar haqida keng tushunchalar berilmoqda.