Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ustoz-qadri buyuk muallim!

img

Shu yilning 30 sentyabr kuni Samarqand Davlat universiteti faollar zalida “1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali bayram marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikai Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o’qituvchi va murabbiylarga yo’llagan bayram qutlovi o’qib eshittirildi.

Universitet rektori, professor R.Xalmuradov universitet jamoasini qutlug’ sana munosabati bilan muborakbod etib, bir guruh fidoyi fan darg’alari, professor-o’qituvchilarga bayram sovg’alarini topshirdi,  professor-o’qituvchilar universitet ma’muriyati tomonidan pul mukofoti bilan rag’batlantirildi.

Tadbir so’ngida universitetning badiiy jamoasi va viloyatning taniqli xonandalari tomonidan tayyorlangan  bayram konsert dasturi namoyish qilindi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda Matbuot xizmati.