Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O’qish sifati yashash sharoitiga bog’liq

img

Samarqand davlat universitetida tahsil olib, ijarada yashovchi talabalarning yashash va o’qishiga ko’maklashish, zarur shart-sharoitlar yaratib berish hamda turli salbiy g’oyalar xatarlaridan ogoh etish maqsadida Samarqand shahar hokimligi, Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va Samarqand fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Samarqand shahar kengashi bilan hamkorlikda ochiq muloqot o’tkazildi.

Uchrashuvda so’zga chiqqanlar o’z so’zlarida talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqish ularning dars mashg’ulotlarining o’zlashtirishlariga bevosita daxldorligi hamda. ayni paytda ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini bilish pedagoglarning, murabbiylarning burchi ekanligini ta’kidladi.

Ijarada yashovchi talabalarning ijtimoiy-maishiy ahvoli, xonadon holati va uy egalari shaxsi,  universitetga qatnashi, ijara narxlari, turli salbiy g’oyalar xatarlaridan ogoh etish va mavjud muammolarni atroflicha o’rganib, joyida bartaraf etish maqsadida profilaktika inspektorlariga fakultetlar biriktirildi.

Muloqat davomida ijarada yashovchi talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

SamDU

SamDU

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.