Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Til – millat ruhi

img

Bugun Samarqand davlat universiteti Filologiya fakultetida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Til – millat ruhi” nomli ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanga universitetimizning tilshunos va adabiyotshunos professor-o‘qituvchilaridan tashqari Respublikamizning yirik adabiyotshunos olimlaridan biri professor Boqijon To‘xliyev ham tashrif buyurdi. Mazkur tadbirda Samarqand tilshunoslik maktabi asoschisi va vakillaridan bo‘lgan tilshunos olimlar Abdurauf Fitrat, Ulug‘ Tursunov, Rahmatulla Qo‘ng‘urov, Bozorboy O‘rinboyevlar haqida fakultet dekani professor Jo‘liboy Eltazarov ma’ruza qildi. Professor Xudoyberdi Doniyorovning tilshunosligimizga qo‘shgan hissasi haqida professor Murodqosim Abdiyev alohida so‘z yuritdi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan she’rlar va g‘azallar aytildi, sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

SamDU

Samdu

SamDU

SamDU