Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

18 OKTABR – SAMARQAND SHAHRI KUNI

img

Samarqand – yer yuzining sayqali. Ko’hna kent Markaziy Osiyoda savdo, hunarmandchilik, sayyohlik markazi sanaladi.

Samarqand shahri kuni bu yil ham munosib nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi madaniy va istirohat bog’i tantanalarning chinakkam markaziga aylandi.

Bayramda Samarqand Davlat universiteti jamoasi, talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Turli milliy hunarmandchilik ko’rgazmalari, sport musobaqalari, tasviriy, musiqa va san’at namoyishlari ayyom shukuhini ta’minladi.

SamDU

Samarqand shahri kuni tantanalari davom etmoqda.

Firdavsmonand Samarqandning ko’rki-jamoli kun sayin yashnab, obodlikga yuz tutmoqda.

Ayyomingiz muborak bo’lsin, aziz hamyurtlar.

SamDU

        

SamDU matbuot xizmati