Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand davlat universitetiga Hindistonning Gujarat provinsiyasi delegasiyasi tashrifi

img

Hindistonning Gujarat provinsiyasining Bosh Vaziri va unga hamrohlik qilgan tadbirkorlar delegasiyasi 2019 yilning 20 oktyarbr kuni Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar SamDUning Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti binosida kutib olindi. Dastlab, SamDU rektori R.I.Xalmuradov mehmonlarni universitetning rivojlanish strategiyasi hamda xalqaro aloqalari bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Dasturga binoan delegasiya a’zolari universitetda tashkil qilingan  Hindiston madaniyat markazi bilan tanishishdi. Ushbu markazdagi Hindiston madaniyati va tarixini aks ettiruvchi kutubxona va rasmlar ko’rgazmasi, Hindistonning Aligarx Muslim universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Geoinformasion tahlil va geodeziya yo’nalishi bo’yicha qo’shma magistratura dasturi delegasiya a’zolarida katta qiziqish uyg’otdi.

Hindistonning Gujarat provinsiyasi hamda SamDUning hamkorligi natijasida Gujarat provinsiyasi hukumati ko’magida ta’lim va ilmiy-texnik hamkorlikning muhim yo’nalishlari belgilab olindi.

Xususan, tabiiy resursdan oqilona foydalanish yo’nalashida  kadrlar tayyorlash, sug’oriladigan dehqonchilik tizimida tejamkor energiya  texnologiyalarini hamkorlikda yaratish,  mineral va organik o’g’itlarni qo’llashda  Hindiston  tajribasini o’rganishga kelishildi.

Gujarat provinsiyasi hukumati tomonidan ajratilgan stipendiyalar evaziga hamkorlikda yuqori malakali  ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, yaqin kelajakda SamDU Axborot-resurs markazini zamonaviy o’quv, ilmiy  ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitish, Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, nufuzli universitetlar va SamDU o’rtasida professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yishga kelishildi.

SamDU  xalqaro hamkorlik bo’limi va matbuot xizmati