Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SAYLOV – DEMOKRATIYA KO‘ZGUSI

img

Samarqand davlat universiteti Tarix fakultetida “Saylov –demokratiya ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 56-Registon okrug saylov komissiyasining raisi Bektosh Raximov va komissiya a’zolari ma’ruza qildi.

Ma’lumki, joriy yil 22 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, saylovda 20 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etishi kutilmoqda. Saylovchilarning 2 millondan ziyodrog‘ini ilk bor ovoz beruvchi yoshlar tashkil etadi. Bu yil Parlament saylovlari ilk bor yangi Saylov kodeksi asosida o‘tadi. Saylovlarda birinchi marta beshta siyosiy partiya o‘z nomzodlarini ilgari surish huquqiga ega.

Talabalarni qiziqtirgan savollarga okrug saylov komissiyasi a’zolari javob berdilar.

SamDU

SamDU

SamDU

SamDU

 

O’zbekiston tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi: Ibodat Sattorova