Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Sport-salomatlik garovi

img

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan beshta muhim  tashabbusning mamlakatimiz hududlarida amaliy ishlarga aylanib borayotgani e’tiroflidir. Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tashabbusi bilan ilk marta “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari o’rtasida “Do’stlik  spartakiadasi” musobaqalari tashkil etildi. Shu yilning 16 noyar kuni Xotin-qizlar o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha Samarqand Davlat universitetining sport majmuasida bo’lib o’tgan bellashuv chinakkam katta tantanaga aylandi. Unda Qaraqalpog’iston  Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 13 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqaning ochilish marosimida so’zga chiqqan mutasaddilar birinchi marta tashkil etilgan mamlakatimiz oliy o’quv dargohlari professor-o’qituvchilaridan iborat jamoalarga omad tilab, bunday tadbirning maqsad va vazifalari, ahamiyati xususida  to’xtalib o’tdi.

Albatta, bellashuvlar qizg’in, murosasiz va do’stona tarzda kechdi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsi – Navoiy  viloyati va  Toshkent shahri jamoalarining final  bellashuvi esda qolarli tarzda yakuniga yetdi. Qizgin va murosasiz bellashuvda Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan jamoa a’zolari raqiblariga hyech qanday imkoniyat qoldirmadi. Navoiylik xotin qizlar jamoasi musobaqa g’olibligini qo’lga kiritdi.

SamDU

“Sport-salomatlik garovi” shiori osida o’tgan musobaqaning  tantanali  yopilish marosimida g’oliblar  munosib  taqdirlanishdi. Birinchi o’rin Navoiylik ayollarga, faxrli ikkinchi va uchinchi o’rin Toshkent shahri  hamda  Qaraqalpog’iston Respublikasi jamoalariga nasib etdi. G’oliblarga O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi Vaziri o’rinbosari Uzoqboy Begimqulov, SamDU rektori vazifasini bajaruvchi Ahmadjon Soleyev hamda SamDU yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Alisher Eshtoyev qimmatbaho sоvg’a-salomlar, Oliy va o’rta maxsus ta’limi Vazirligining I – II – III darajali Diplomlari, medallar shodasini tantanali tarzda topshirishdi.

 

SamDU

Shuningdek, nominasiyalar bo’yicha barcha jamoalar sardorlari, musobaqada mahorat ko’rsatgan ishtirokchilar hamda hakamlar hay’atiga esdalik sovg’alari, meddalar topshirildi.

SamDU

SamDU

 

SamDU  matbuot xizmati.