Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Jahon banki xodimlari universitetga tashrif buyurdi

img

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi 166-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasining Akademik innovasiyalar fondi grant qo’llanmasiga muvofiq Akademik innovasiyalar fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan grant loyihasi bo’yicha olib borilayotgan ishlarni joyida o’rganish maqsadida oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda jahon bankining ta’lim bo’yicha yetakchi mutaxassisi Diyego Ambash rahbarligidagi ishchi guruhi Samarqand Davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

SamDU

Ishchi guruhi a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Akademik innovasiyalarni qo’llab-quvvatlash fondining AIF-2/13 raqamli “O’zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida o’qituvchilar faoliyatini baholash” mavzusidagi loyihani bajarilishi bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

SamDU

Akademik innovasiyalar fondi tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyiha O’zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizasiya qilishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.

SamDU

Loyihaning maqsadi professor-o’qituvchi faoliyatini baholashning asosiy mezonlarini ishlab chiqish va aprobasiyadan o’tkazishdan iborat.  O’qituvchi faoliyatini maxsus ishlab chiqilgan mezonlar bo’yicha baholashning elektron dasturini ishlab chiqiladi va shu asosda o’qituvchilarning faoliyatini obyektiv va ko’lamli ravishda baholash amalga oshiriladi.

Samarqand davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o’qituvchilar faoliyatini baholash, universitetning axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda shu sohada olib borilayotgan ishlar muhokoma qilindi. Muhokomalarda universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Soleyev, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i, axborot texnologiyalari markazi boshlig’i va AIF-2/13 raqamli grant ijrochilari ishtirok etishdi.

SamDU

Ushbu loyiha doirasida universitetda “Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholash” markazi tashkil qilindi va zamonaviy tarzda jihozlandi.

SamDU

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni doimiy monitoring qilib borish, belgilangan vazifalarning o’z muddatida sifatli bajarilishi, kutilayotgan ilmiy natijalarga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko’rish, amalga oshirilgan ishlarni hujjatlashtirishda ijrochi xodimlarning mas’uliyatini oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

SamDU