Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Italiya delegasiyasi SamDUga tashrif buyurdi

img

Samarqandda bo’lib o’tayotgan I Xalqaro Investision forum ishtirokchilaridan bir guruhi shu yilning 23–noyabr kuni Samarqand Davlat universitetiga tashrif buyurdi. Italiyalik delegasiya a’zolari SamDU rektoratida munosib kutib olindi. O’zaro samimiy muloqot chog’ida universitet rektori, professor Rustam Xalmuradov xorijliklarga Samarkand Davlat universitetining tarixi, buguni, professor- o’qituvchilar, jamoa zimmasidagi ustivor vazifalar, fan-ta’lim, innovasiya, kadrlar tayyorlash xususida ma’lumot berdi. Xorijdagi nomdor  oliy o’quv dargoxlari, ayniqsa, Italiyaning nufuzli universitetlari bilan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlikni  mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fantano janoblari samimiy qabul uchun o’z minnatdorchiligini bildirib, kuni kecha Toshkentda O’zbekiston Prezidenti bilan bo’lib o’tgan oliy darajadagi uchrashuvga yuqori baho berdi. Italiya va O’zbekistonning xalqaro aloqalari yangi boskichga  ko’tarilgani, barcha sohalarda, xususan, ta’limda ham uzviy yaqinlik rishtalarini o’rnatishga to’xtalib o’tdi.

Muzokaralarda Insubriya, Bergamo, Milan hamda Samarqand Davlat universitetlarining xalqaro aloqalar bo’yicha prorektorlari xam ishtirok etishdi.

Shundan so’ng, SamDU rektori, Rustam Ibragimovich Xalmuradov hamda Italiyadagi Insubria universiteti prorektori, professor Djorjio Zamberitti tarixiy memorandumni imzolashdi. Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg’alari topshirdilar.

SamDU

SamDU

SamDU

 

SamDU matbuot xizmati.