Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

R A D D I YA

img

Shu yilning 23 noyabr kuni “Talaba.uz” telegram sahifasida ismi- sharifi ko’rsatilmagan talaba SamDUning psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi yangi binoga ko’chganligi va bu yerda tahsil soatlari majlislar zalida o’tilayotganligidan nolib yozgan edi. Haqiqatdan ham, bir yarim hafta avval mazkur fakultet talabalari sonining oshganligi sababli yangi binoga ko’chirilgan. Bu haqda fakultet dekani Rahmatilla Mirzayev quyidagicha izoh berdi:

“2019-2020 o’quv yilida psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar soni keskin ko’paygan. Shu munosabat bilan ushbu fakultetni universitet tasarrufiga o’tkazilgan 1-son pedagogika kolleji binosiga ko’chirishga qaror qilingan. Mazkur bino o’rta-maxsus ta’lim tizimiga mo’ljallanganligi sababli va yuzaga kelgan holatdan chiqish maqsadida binodagi mavjud majlislar zali darsga moslashtirilib, undan foydalanilmoqda”...

Biz ijodiy guruhimiz bilan fakultetning yangi binosida bo’lib, ahvol bilan tanishdik. Bu yerda 1070 nafardan ziyod talaba o’qimoqda. 23 ta auditoriya ular ixtiyorida. Shulardan  2 ta auditoriya 40 nafar, 6 ta o’quv xonasi 18 nafar, qolganlari 30 nafar talaba o’rniga ega. Ularning isitish tizimi o’rtacha. Majlislar zalida yorug’lik va issiqlik tizimi  mo’tadil  holatda.

Mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash choralari  ko’rilyapti. Yangi bino qurilishi yuzasidan 2020 yilgi investision Dasturga takliflar kiritilgan.

 

 

 

SamDU  matbuot  xizmati