Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Nomzod bilan uchrashuv

img

O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib ko’rsatilgan Safar Ostonov SamDUda uchrashuv o’tkazdi.

Tadbirni universitet rektori Rustam Ibragimovich Xalmuradov olib bordi.

SamDU

Safar Ostonov 1948-yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan, mutaxassisligi – jurnalist.

2002-yildan buyon “O’zbekiston ovozi” va “ Голос Узбекистана” gazetalari Bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.

1999-yilda “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Safar Ostonov O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Safar Ostonovning Saylovoldi dasturi O’zbekistonda ijtimoiy demokratik davlat qurishda ijtimoiy adolat, tenglik, birdamlik tamoyillariga tayanadi. U o’z nutqida shular xususida to’xtalib o’tdi.

Safar Ostonov 63-Kattaqo’rg’on saylov okrugidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib ro’yxatga olingan.

Uchrashuvda so’zga chiqganlar Safar Ostonovning serqirra ijodkor, jo’shqin faoliyati xususida to’xtalib o’tishdi.

SamDU

 

 

SamDU matbuot xizmati.