Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDUda xalqaro konferensiya

img

Samarqand Davlat universitetida hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro konferensiya “Cho’llanish muammolari: dinamika, baholash va yechim” mavzusiga bag’ishlandi. Konferinsiyada Rossiya, Ukraina, Hindiston, Nepal, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston singari o’nga yaqin Davlatlarning ekspert-olimlari, mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ma’lumotlarga ko’ra, dunyo miqyosida har yili sug’oriladigan hududlar hisobidan 6 million gektar yer cho’llanish tufayli inqirozga uchramoqda. Ayni davrda bunday ekologik muammo 100 dan ortiq davlatlar qishloq xo’jaligi tarmog’iga xavf solmoqda.

Aslida, sug’oriladigan yerlarda sho’rlanish, zaxlanish, botqoqlashish, taqirga aylangan yerlar, tuproqdagi suv va shamol erroziyasi cho’llanishning turli ko’rinishlari hisoblanadi.

SamDUda tashkil etilgan xalqaro anjumanda so’z olganlar hududlarni cho’llanishdan asrash, ayniqsa Orol bo’yida ekologik vaziyatni yanada yaxshilash xususidagi taklif, muloxaza, foydali maslahat hamda ilmiy-hayotiy qarashlarini o’rtaga tashlashdi.

Anjumanni SamDU rektori professor Rustam Ibragimovich Xalmuradov ochib berdi.

SamDU

Turli davlatlardan kelgan mutaxassislar cho’llanishning global, mintaqaviy, maxalliy muammolarining dolzarb jihatlariga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Xususan, O’zbekiston geografiya jamiyati raisi, professor Fazliddin Xikmatov, O’zFA seysmologiya instituti direktori, professor Vaxob Rafikov, O’zbekistonda Global ekologiya jamg’armasining milliy koordinatori Aleksey Volkov, Qishloq xo’jaligi fanlari doktori professor Nasillo Boboqulov, Fransiyaning Puatye universiteti professori Naudin Patrice, SamDU Geografiya fanlari doktori professor Subxon Abbosov, Boshqirdiston universiteti professori Aufar Gareyev, Berdaq nomidagi Qoraqolpog’iston universiteti professori Maxsud Ibragimov va boshqalar tomonidan qilingan ma’ruzalarda ekologik muvozanatni mo’tadillashtirish, cho’llanishning oldini olish, bu boradagi muammolarni bartaraf etish xususida qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi.

SamDU

SamDU

SamDU

Dilmurod Do’stmurodov,

SamDU matbuot kotibi.