Talabalikka bag’ishlov

img

Samarqand davlat universiteti majlislar zalida rus filologiyasi fakultetining talabalikka bag’ishlov tantanali marosimi bo’lib o’tdi.

O’qituvchi va talabalar ushbu muhim tadbirni bayramona nishonlash uchun birgalikda yig’ildilar.

Fakultet dekani, dosent A.S.Abdullayeva talabalarga murojaat qilib, barcha birinchi kurs talabalarini SamDUda yangi hayot boshlayotganliklari bilan tabrikladi. Barcha guruhlar tomonidan quvnoq, yorqin va esda qolarli chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, birinchi bosqich talabalari ajoyib kuy-qo’shiq va raqslar, sahna ko’rinishlari bilan yig’ilganlar ko’nglini xushnud qildi.

Tadbir so’ngida «Immortals» guruhi o’zining unutilmas raqslari bilan talabalar oldida chiqish qildi.