Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yadro fizika kafedrasi va laboratoriyasining xalqaro loyihalari

img

UZB0005, UZB0006 va UniCEN loyihalari rahbari Akmal Safarov. SamDU yadro fizikasi laboratoriyasi ilmiy hodimi.

 

1. Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik loyihasi UZB0005 (2019)

SamDU tomonidan loyiha rahbari: Safarov Akmal Askarovich

Agentlikning “Improving Training Capacity in Nuclear Science at the National University of Uzbekistan (NUU) and the Samarkand State University (SSU)” loyihasi yadro fizikasi sohasidagi o'quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Loyihaning byudjeti - 160261 evro. Ushbu loyiha doirasida Samarqand davlat universiteti Cryomech (AQSh) kompaniyasida ishlab chiqarilgan azot uskunasini oldi. Bu uskuna fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi tadqiqotlar doirasini kengaytirishga yordam beradi. Universitetning ikki xodimi Moskva Davlat Universitetida (MDU) yadroviy tibbiyot va Birlashgan Yadroviy Tadqiqotlar Institutida (BYTI, Dubna) elektron tezlatuvchilar mavzusida ikki oylik amaliyotni yakunladilar.

Cryomech mutaxassisi Bryan Craner va yadro fizikasi laboratoriyasi xodimlari azot uskunasini ishga tushirish tugaganidan keyin (16-21 sentyabr, 2019).

 

2. Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik loyihasi UZB0006 (2020-2021)

SamDU tomonidan loyiha rahbari: Safarov Akmal Askarovich

Agentlikning “Building Capacity in the Peaceful Use of Nuclear Science and Technologies at the National University of Uzbekistan and the Samarkand State University” loyihasi yadro fizikasi va O'zbekiston iqtisodiyotining real sektori uchun kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan. Loyihaning byudjeti - 188360 evro. Ushbu loyiha doirasida Yadro fizikasi kafedrasida uchta yangi o'quv kursini ochish va 3 o'quv laboratoriyasini yaratish rejalashtirilgan: (1) Yadro reaktorlari fizikasi asoslari; (2) Yadro elektronikasi; (3) Dosimetriya va radioekologiya. Shuningdek, 80 000 evro miqdorida asbob-uskunalar sotib olish, kafedra va laboratoriya xodimlarining uchtasini dunyoning etakchi ilmiy markazlariga va AQShning yoki Evropaning etakchi universitetida yangi kurslarni joriy etish jarayoni bilan tanishish maqsadida ilmiy safarga yuborish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy etiladigan kurslar bo'yicha milliy treninglar o'tkazish uchun 11 xalqaro ekspertning tashriflari kutilmoqda.

Ilgari (2012-2014 yillar), agentlikning qiymati 234000 evroga teng UZB0004 loyihasini amalga oshirish natijasida, yadro fizikasi kafedrasining talabalari va magistrantlari uchun atom va yadro fizikasi bo'yicha o'quv laboratoriyalari tashkil etildi.

Изменение размера DSC_0250 (S)

Ana Raffo-Caiado xonim, Yadro fizikasi o'quv laboratoriyasida.Agentlikning texnik hamkorlik dasturining Evropa bo'yicha direktori (23-25 may 2019 yil).

Изменение размера Изменение размера DSC_0138

Agentlik bosh direktorining o'rinbosari janob M. Chudakov atom fizikasi o’quv laboratoriyasida (21 avgust 2019 yil).

 

3. UniCEN loyihasi (2020)

Loyiha rahbari: Safarov Akmal Askarovich

AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladigan Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik dasturi (UniCEN) doirasidagi “Co-Developement and Cross-Pollination of Effective, Hands-On Nuclear Physics Educational Activities” loyihasi Massachusets texnologiya instituti (MIT, Kembrij, Massachusets sh., AQSh) bilan hamkorlikda bajariladi. Takidlash lozimki, ushbu universitet QS World University Rankings reytingida jahonda 1-o'rinni egallab turibdi. Loyiha byudjeti 39 136 dollarni tashkil etadi. Loyihaning maqsadi yadro fizikasi sohasidagi yangi amaliy o'quv modullarini ishlab chiqish va ushbu sohada tajriba almashishdir. Ushbu loyiha doirasida professor Mayk Short (MIT) SamDUga tashrif buyuradi. Loyiha rahbari Akmal Safarov esa MITga safarga borib yadro fizikasini o'qitish usullari bilan tanishishi rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida MITlik professor iOS va Android operatsion tizimlari  nazorati ostida ishlaydigan 10 ta zamonaviy Geiger-Myuller hisoblagichlarini sotib olishni taklif qildi. SamDU talabalari va aspirantlaridan amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish uchun Massachusets Texnologiya institutida yaratilgan OpenMOC yadro reaktorlari printsiplarini o'qitish uchun kompyuter simulyatorini joriy etish rejalashtirilgan.