Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hokim o’rinbosari bilan uchrashuv

img

Samarqand Davlat universiteti rektori Rustam Xalmuradov hamda Iqtisodiyot va biznes fakulteti professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirokida o’ziga xos uchrashuv tashkil etildi.

Unda viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Jamshid O’roqovning “Samarqand viloyatida 2019-yilda amalga oshitrilgan keng ko’lamli ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar” to’g’risidagi taxliliy ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzachi yalpi hududiy maxsulotning o’sishi, qishloq  xo’jaligi klasterlarining o’rni, bandlik masalalari, aholi turmush darajasi, turizmni rivojlantirish, viloyatning tashqi savdo aylanmasi masalalariga atroflicha to’xtalib o’tdi.

Ma’ruza so’nggida talaba-yoshlar va tadbir ishtirokchilari tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga aniq va to’liq javoblar olishdi.