Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Mahmudxo’ja Behbudiy va barhayot g’oyalar

img

 Samarqand davlat universitetida buyuk o’zbek ma’rifatparvar allomasi Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi.

Mahmudxo’ja Behbudiy yoshligidan ilm-ma’rifatga, adabiyot va san’atga qiziqib, shu yo’lda o’qib-izlangan, o’zi ham yozishga, elga ma’rifat nurlarini yoyishga harakat qilgan. Bir necha xorij tillarini o’rganib, chet mamlakatlarda safarda bo’lgan. Ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib etuvchi, xalqni istiqlolga chorlovchi maqolalar,  mustamlakachilik zulmidan faqatgina ilmli, ma’rifatli bo’lib qutilish mumkinligi haqida esa “Padarkush” dramasini yozgan.

Tadbirda so’zga chiqqan filologiya fakulteti dekani prof.J.Eltazarov, istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi prof.A.Soliyev, filologiya fanlari nomzodi, shoira J.Suvonova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, yozuvchi Nusrat Rahmat, shuningdek, Mahmudxo’ja Behbudiyning nabirasi Shohruxxon Behbudiylar buyuk allomaning jadidchilik yo’lida xalqimizni ma’rifatga, ilmga, istiqlolga chorlash borasidagi xizmatlarini ma’ruzalarida alohida ta’kidlashdi. Nusrat Rahmat o’zining “Jadid” romanini buyuk ma’rifatparvar, publisist, dramaturg Behbudiy va jadidchilarga bag’ishlab yozganini aytib o’tdi.

 Tadbirda “Shalola” ijodiy to’garagi a’zolari tomonidan Behbudiyning hikmatlari va turli chiqishlar namoyish etildi.

SamDU

SamDU

SamDU

SamDU

Samdu