Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

Samarqand davlat universitetida Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti professori mahorat darsi o’tdi

img

Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiyot va biznes fakultetida Rossiya Iqtisodiyot universiteti professori Vinchenso Ligorio “Biznes yuritishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida professor-o’qituvchi va talabalari uchun mahorat darsi o’tdi. Mahorat darsida Professor Ligorio zamonaviy iqtisodiy tendensiyalar, neyroiqtisodiyot va raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes yuritishning zamonaviy yo’nalishlariga atroflicha to’xtalib o’tdi.

Ushbu mahorat darsi professor-o’qituvchilarga o’z ma’ruzalarini tashkil etish va olib borishda yangi yondashuvlardan foydalanish imkonini beradi.

Tadbir qiziqarli o‘tib, o‘zaro savol-javoblarda bugungi yoshlar ta’lim olish va uni amaliyotda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida tushunchalarga ega bo‘ldilar.