Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SAMARQAND TALABA-YOSHLARI BILAN UCHRASHUV

img

Joriy yilning  6-sentyabr kuni Samarqand davlat universitetining katta majlislar zalida  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U. Begimqulov va Samarqand viloyati oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan  talaba yoshlar bilan  ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U. Begimqulov oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, o‘zgartirishlar va yangilanishlar haqida talabalarga ma’lumot berib o‘tdi, shuningdek,  bugungi kun yoshlari uchun eng muhim masala nimadan iborat ekanligi, talabalarning oliy ta’lim tizimiga, o‘quv dasturlariga munosabati qandayligi, o‘quv jarayonidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida  yoshlarimizning o‘zlarida qanday fikr va takliflar borligini so‘radi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi. Yig‘ilishda Samarqand davlat universiteti rektori prof. R.I.Xalmurodov so‘zga chiqib, bugungi kun yoshlari oldida turgan asosiy talab o‘qish, o‘qish va yana bir bor o‘qish ekanligi, bugun oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan kadrlar soni emas, sifati muhim ekanligini ta’kidladi.

http://samdu.uz/assets1/plugins