Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i bilan uchrashuv

img

Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i Q.Sobirov bilan Samarqand Davlat universiteti professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirokida o’ziga xos uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 dekabrdagi yoshlar bilan uchrashuvida hamda 2020 yil 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga har yilgi murojaatnomasi belgilangan vazifalar va ularning bank tizimidagi ijrosi haqida so’z bordi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o’tdi va bank rahbari talaba yoshlarning qiziqtirgan savol va muammolari, taklif-mulohazalari bilan tanishdi. Yoshlar tomonidan bank tamonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar, ta’lim krediti, istemol krediti va iqtisodiyot yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarida viloyatimizdagi banklarda ish o’rganishi uchun sharoit yaratib berishini ta’kidladi. Shu bilan birgalikda Iqtisodiyot va biznes fakulteti bilan Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi o’rtasida yo’l xaritasi tuzilib viloyatimizdagi tijorat banklari raxbarlari fakultet talabalariga maxorat darslari o’tishi bo’yicha kelushuvga erishildi.

Uchrashuvda so’nggida talaba-yoshlar va tadbir ishtirokchilari tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga aniq va to’liq javoblar olishdi.

Eng yaxshi taklif va savol egalari Boshqaruv Raisi tomonidan tanlab olinib, bilim manbai bo’lmish kitoblar bilan taqdirlandi.

SamDU

SamDU