Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Seul milliy universiteti va SamDU hamkorligi

img

Samarqand Davlat universiteti Seul Milliy universiteti bilan hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida shu yil 3 fevral kuni Janubiy Koreyaning “Terrageyts to’lqinlarining Biologik tizimi” markazi direktori, Seul Milliy universiteti Fizika va Astronomiya fakulteti professori Gun-Sik Park Samarqand Davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kuni universitet fizika fakultetida Gun-Sik Park hamda hamrohi SamDUning sobiq talabasi, ayni paytda Seul milliy universiteti professori Matlabjon Sattorov professor-o’qituvchilar, yosh olimlar hamda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etishdi.

Suhbat jarayonida Koreyalik taniqli olim Seuldagi “Terrageyts to’lqinlarining Biologik tizimi” markazi hamkorligida SamDUda “Foton va elektronika” markazini tashkil etish, unda Seul Milliy universitetida yaratilgan fizika, tibbiyot, qishloq xo’jaligi va harbiy sohaga oid kashfiyotlardan iborat yangi loyihalarni Samarqandda ham ishlab chiqarishga tadbiq etish xususidagi  manfaatli kelishuv erishildi.

Maqsad o’zbek olimlari bilan hamkorlikda yangi g’oya va texnologiyalar yaratish, sanoatga ilg’or texnologiyani joriy etish, Samarqand universitetidan  iste’dodli talabalarni tanlov asosida Seul milliy universitetiga o’qishga jo’natish xususida kelishuvga erishildi.

Shundan sung, Seul milliy universiteti Fizika va Astronomiya fakulteti professori Gun Sik Park “Fizika fanining hozirgi zamon dolzarb muammolari” mavzusida mahorat darsi (seminar trening)  o’tkazdi.

Unda asosiy e’tibor fizikani boshqa qator fanlarga bog’lab o’rganishni davr taqazo etayotgani, biologiya, kimyo fani mutaxassislari bilan birgalikda mavjud muammolarni hal etish zarurligiga qaratildi.

Professor fizikada katta bo’shliq bo’lib turgan Terrageyts to’lqinlarining xavfsizligini taminlash, atrof-muhitning ekologik muhofazasi, inson sog’ligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ilmiy va nazariy jihatdan tushuntirildi.

Xorijlik tadkikotchi olim  chastotalarda molekulalarning  bir-biri bilan aloqaga kirishishi natijalarini tushuntirib berdi.

SamDU