Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Alisher Navoiy she’riyatining o’z davridagi sharqona e’tirofi

img

2020 yil 7 fevral kuni Samarqand davlat universitetida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag’ishlab  “Alisher Navoiy she’riyatining o’z davridagi sharqona e’tirofi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Unda navoiyshunos olimlar, O’zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat bo’limi kengashi va O’zbekiston milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi vakillari, universitetning professor-o’qituvchi va talabalari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Anjumanda so’zga chiqqanlar buyuk mutafakkirning turkiy xalqlar va musulmon Sharq adabiyoti tarixiga qo’shgan betimsol hissasi, shoir ijodini o’rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar va yangi topilmalar xususida so’z yuritdilar.

Tadbirda, shuningdek, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan chop etilayotgan “Oqqo’yunli muxlislar devoni” kitobining ham taqdimoti o’tkazildi. Mazkur nashrda Alisher Navoiy she’rlari asosida tuzilgan “Oqqo’yunli muxlislar devoni” joriy yozuvda e’lon etilmoqda. Kitob filolog-olimlar, Navoiy ijodiga qiziquvchilar auditoriyasiga mo’ljallangan. 

Anjumanda shoir g’azallaridan namunalar ham o’qildi.