Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

G’ALABALAR MUBORAK BO’LSIN!

img

G’ALABALAR MUBORAK BO’LSIN!

Toshkent shahrida 2020 yilning 6-19 fevral kunlari “Xalqoro birdamlik” o’smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati musobaqasi bo`lib o`tdi. Ushbu yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqada Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining 2-bosqich talabasi Xojiyev Azimjon muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikki kurash bo`yicha dast ko`tarishda 152 kilogramm, siltab ko`tarish natijalariga ko’ra 181 kilogramm natijalarga erishib jami 333 kilogramm natija bilan musobaqaning bronza medali bilan taqdirlandi.

Ushbu talabamizga Samrqand davlat univeriteti hamda Jismoniy madaniyat fakulteti jamoalari bundan keyingi  bosqichdagi musobaqalariga ham omadlar tilaydi.