Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Iqtisodiyot va biznes fakultetida nazariya va amaliyot integrasiyasi doirasida mahorat darslari davom etmoqda

img

Samarqand davlat universitetida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tarmoqlar va hududlar bo’yicha investisiya strategiyasini ishlab chiqish, bunda jalb qilinayotgan investisiyalar samaradorligi va iqtisodiy-ijtimoiy ta’sirini baholash, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarni yo’naltirish haqida professor o’qituvchilar, doktarantlar va magistrlarni muntazam xabardor qilib borish maqsadida Iqtisodiyot va biznes fakulteti tomonidan yetuk xorijiy iqtisodchi olimlar va amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinib, belgilangan reja va tasdiqlangan dasturlar asosida davra suhbatlari, mahorat darslari va sayyor darslar tashkil etilib kelinmoqda.

Universitetning 107 auditoriyasida 2020 yil 18-19 fevral kunlari reja asosida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Jorjiya xalqaro universiteti professori Pirnazar Elmuratov  “Masofaviy o’qitishning AQSh tajribasi”  mavzusida va “Strattion’s Consultants” kompaniyasi ta’sischi Ron Stratton “O’zbekiston Respublikasiga Investisiyalarni jalb qilish masalalari” mavzusida go’sht maxsulotlarini qayta ishlash, irrigasiya tizimini loyihalashtirish va AQShdan O’zbekistonga investisiyalarni jalb qilish masalalari doirasida mahorat darsi o’tkazdilar. Loyiha doirasida Viloyat xokimiyatida  ham uchrashuv o’tkazildi. Ushbu loyihalar bo’yicha hamkorlikni davom etish kelishib olindi.

Shunga doir mahorat darslar Halqaro ta’limlar fakultetida davom etdi. Berlin Fraye universiteti professorlari Tobias Styudemann va Texoris Grigoriadis hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiy munosabatlar, biznes-analitika, iqtisodiy ta’limotlar tarixi mavzulari bo’yicha mahorat darsini o’tkazdilar. 

SamDU

SamDU