Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

G’ALABA MUBORAK!

img

G’ALABA MUBORAK!

2020 yilning 22-24 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida sportning dzyudo turi bo’yicha bo’lib o’tgan nufuzli "Katta Dubulg’a" turnirida Samarqand davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabalaridan Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida hamda Muhammadkarim Hurramov -100 kg vazn toifasida musobaqaning oltin medalini qo’lga kiritishdi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan talaba sportchilarimiz oltin medal bilan birga Olimpiada reytingi uchun muhim 1000 ochkolik reytingga ham ega bo’lishdilar.

Davlat Bobonov va Muhammadkarim Hurramovlarni ushbu g’alaba bilan Samarqand davlat universiteti va Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi qizg’in tabriklaydi. Sportchi talabalarimizga omad tilaymiz va Tokio-2020 Olimpiadasida ham oltin medallarni kutib qolamiz.