Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

«Springer Nature» platformasidan foydalanish bo’yicha ilmiy seminar

img

2020 yil 2 mart kuni Samarqand davlat universiteti Bosh binosi majlislar zalida Innovasion rivojlanlantirish Vazirligining vakili Diyora Mamayeva, «Springer Nature» kompaniyasining London ofisidagi strategik hamkorlik bo’limi vakili Elizabet Detisava, kompaniyaning MDH davlatlari bo’yicha vakili Irina Aleksandrovalar ishtirokida «Springer Nature» platformasidan foydalanish bo’yicha ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instutiti hamda Samarqand tibbiyot instituti ilmiy hodim va doktorantlari ishtirok etishdi. Seminarda O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlantirish vazirligi tomonidan «Springer Nature» platformasidan oliy ta’lim muassasalaridan tomonidan bepul foydalanish yo’lga qo’yilganligi, ushbu veb-saytdan foydalanish va bepul maqola joylashtirish tartiblari to’g’risida ma’lumotlar berildi.