Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

JAMOAGA MAKTUB!

img

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasabalar!

 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yaqin qisqa vaqt ichida mamlakatimiz aholisiga qarata uch bora murojaat etdi. Chindan ham koronavirus pandimiyasi butun dunyo mamlakatlarini o’z iskanjasiga oldi. Bir qator chet mamlakatlarda ko’plab odamlar bu virusni  mensimasdan yuqtirib, halok bo’lmoqda. Bu ko’rinmas ofatga, faqat va faqat, mustahkam tartib-intizomga, barcha gigiyena va tibbiy talablarga qattiq va qat’iy rioya etgan holda birgalikda, bahamjihatlik bilan harakat qilib barham berishimiz mumkin.         Yurtboshimiz oxirgi murojaatida talabalar va o’quvchi-yoshlarga qarata: – Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va o’quvchi-yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman: Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o’tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o’zlashtiring. Kitob o’qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang, – deb alohida uqtirdi.

Insoniyat tarixida kasalliklarning bunday ommaviy tarqalish hollari urushlar kabi bot-bot uchrab turgan. Bunday paytlarda xalqni o’z ortidan ergashtira olgan ziyolilarimiz ular dardiga malham bo’lganlar.

Koronavirus pandimiyasi tufayli e’lon qilingan karantin sharoitida ham mamlakatimizning iqtisodiyotida muhim o’rin tutuvchi sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, konlarda, chorva otarlarida, dalalarda kechiktirib bo’lmaydigan dehqonchilik, sohibkorlik ishlari to’xtab qolgani yo’q. Chunki bu sohalar, aytish mumkinki, mamlakatning qon tomirlaridir. Xuddi shu sohalar kabi ta’lim tizimida ham yuz bergan sharoitdan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya onlayn tarzda davom ettirilmoqda.                                                                                             Qadimdan ziyolilarimiz yuz bergan favqulodda holatlarda mamlakat, el koriga yaraganligi, uning og’irini yengil qilganligi tarixdan ma’lum. Ziyolilarga xos bo’lgan vatanparvarlik, ijtimoiy burch kabi fazilatlar aynan shunday og’ir sinovli davrlarda yuzaga chiqadi. Bugungi sharoitda ham universitetning ko’pchilik fidoyi professor-o’qituvchilari ulug’ ajdodlarimiz an’analariga sodiq qolib, davr ruhi va talabini chuqur his etib, karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda, onlayn darslar sifatini oshirishga, mavzularni shogirdlariga tushunarli va sodda tilda samarali yetkazib berishga intilmoqdalar. Shu bilan birga, mana shunday mas’uliyatli paytda o’quv jarayoniga jiddiy yondashmayotgan, murakkab sharoit taqozosini sidqidildan his etmayotgan ba’zi bir ustozlarning borligi taassuflidir. Ular ham butun dunyo boshiga tushgan bu sirli sinotdan to’g’ri xulosa chiqarib, matonat namunalarini ko’rsatayotgan shifokorlar, ichki ishlar, milliy gvardiya, davlat xavfsizligi xodimlari, harbiylar, savdo va dorixona xizmatchilari, haydovchilar, ishchilar, dehqonlar, sohibkorlar, chorvadorlar va boshqa soha xodimlari farzandlarini vijdonan o’qitish, ularga bilim berish, ularning yuksak madaniyatli, ma’naviyatli insonlar bo’lib tarbiyalanishlariga munosib hissa qo’shishlariga ishongim keladi.

Talabalarning ta’lim dasturlaridagi mavzularni tushunib o’zlashtirishlari professor-o’qituvchilarimiz tomonidan tashkil etilayotgan onlayn mashg’ulotlarning sifati va samaradorligiga bog’liq. Koronavirus pandimiyasi tufayli e’lon qilingan karantinning qancha davom etishi, talabalarga jadval asosida darslarning qachon tiklanishi hali ma’lum emas. Shunday ekan, bor imkoniyatdan unumli foydalanib, onlayn mashg’ulotlarning samaradorligini yanada oshirishga, o’quv materiallarini sidqidildan tayyorlab yetkazishga jiddiy e’tibor qarataylik. Yozgi sessiya natijalari talabalarimiz uchun qanchalik ahamiyatli bo’lsa, professor-o’qituvchilar uchun ham shunchalik qimmatga ega bo’lishini, universitet jamoasining, uning har bir a’zosining kechirilayotgan murakkab davrdagi mehnati bahosi bo’lishini unutmaylik.

 

 

Universitet rektori

                         R. Xalmuradov