Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Makon xabarlari” telegramm kanalida e’lon qilingan “Talaba bo’laymi yoki tosh bo’ron!” nomli shikoyatga RADDIYA

img

 

Samarqand davlat universiteti rektorining 2020 yil 11 martdagi farmoyishi bilan qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan universitetga o’qishini ko’chirishga tavsiya etilgan talabalarga darslarga qatnashishga ruxsat berilgan.

O’qishini ko’chirishga tavsiya etilgan talabalarga darslarga qatnashishga ruxsat berilganligi to’g’risidagi farmoyishning mavjudligidan kelib chiqqan holda koronovirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin munosabati bilan universitetning masofaviy ta’limida (md.samdu.uz) qatnashish uchun talabalarga login va parol berilgan. Shikoyatda ta’kidlanganidek, e’lon qilingan mobil telefon raqamlari (+99897-9267172, +998915327265) yakshanbadan tashqari ertalab soat 9.00 dan 18.00 qadar doimiy faoliyat ko’rsatgan. Barcha joydagidek, albatta, aloqada texnik sabablarga ko’ra ba’zan uzilishlar bo’lgan. Buni shikoyat mualliflari inobatga olishi kerak edi.

2020 yilning 1 aprelidan boshlab, universitetda masofaviy ta’lim platformasi orqali universitetning kunduzgi bakalavriat, kechki bakalavriat, magistratura va sirtqi ta’lim talabalari uchun shakllantirilgan 3270 ta kursda masofaviy o’qitish boshlandi.

Universitetning md.samdu.uz masofaviy ta’lim platformasi bugungi kunda 18305 nafar foydalanuvchiga ega bo’lib, uning tarkibida Samarqand davlat universitetning professor-o’qituvchilari, universitetning kunduzgi bakalavriat, kechki bakalavriat, magistratura va sirtqi ta’lim talabalari, o’qishini qo’shni mamlakatlardan ko’chirgan talabalar hamda Samarqand davlat universitetining Denov pedagogika va tadbirkorlik instituti professor-o’qituvchilari kiritilgan.

Fuqarolarning qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida kamida oxirgi bir semestrda o’qishi respublika oliy ta’lim muassasasiga ko’chirilayotgan ta’lim yo’nalishiga mazmunan mos (turdosh) ta’lim yo’nalishida to’liq o’qiganlik to’g’risidagi hujjatlarni batafsil tekshirilishi va haqiqatda o’qiganligi to’g’risida ma’lumot qo’shni davlatlardagi muayyan oliy ta’lim muassasalariga so’rovnomalar yuborish orqali aniqlash belgilangan.

Hozirgi kunda Samarqand davlat universiteti tomonidan qo’shni davlatlarning oliy ta’lim muassasalariga so’rovnomalar yuborilgan. Mazkur so’rovnomalarga barcha OTMlardan to’liq javob olingandan so’ng, o’qishi ko’chirilayotgan talabalarning shartnoma to’lovi va qabuli amalga oshiriladi.

SamDUda ishchi guruh hozirga qadar faoliyat ko’rsatmoqda. Endilikda to’g’ridan-to’g’ri ularga murojaat etish imkoniyati tug’ildi. Barcha savollarga bevosita javob qaytariladi.

Respublikamizda kutilmagan koronovirus pandemiyasi davrida ishlash oson kechgani yo’q. Albatta, ayrim juz’iy xato va kamchiliklarga ham yul qo’yildi. Shikoyat mualliflari buni ham  nazardan qochirishlari kerak emas.

SamDU rektorati va matbuot xizmati.