Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

XITOY SHIMOLIY-G’ARBIY UNIVERSITETI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIGA GUMANITAR YORDAM YUBORDI

img

Dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni yo’lga qo'yish Samarqand davlat universiteti oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bir necha yillar avval Xitoyning Shimoli-g’arbiy universiteti bilan arxeologiya yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Kuni kecha ushbu universitet ma’muriyati o’zaro hurmat va mustahkam hamkorlik namunasi sifatida Samarqand davlat universitetiga gumanitar yordamini amalga oshirdi, binolarga kirishda tana haroratini o’lchovchi elektron termometrlar yubordi.

Samarqand davlat universiteti rektori R. Xalmuradov Xitoy Shimoli-g’arbiy universiteti rahbariyatiga o’z minnatdorligini bildirib, o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirilishiga ishonch bildirdi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi