Hindistonlik professorlar bilan hamkorlik vebinarli muloqot tarzida samarali davom etmoqda

img

Jahonda covid-19 pandemiyasining yuzaga kelishi bilan dunyo olimlarining o'zaro to'g'ridan to'g'ri muloqoti ham cheklanib qoldi. Shunday bo'lsada dunyo ilm-fan ahli zamonaviy yangi innovatsiyalardan foydalangan holda xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Jahonning barcha olimlari kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda muloqot qilmoqda. Samarqand davlat universiteti, jumladan xalqaro ta'lim dasturlari fakulteti jamoasi ham bundan samarali foydalanmoqda. Fakultetning professor-o'qituvchisi Sh. Axmedova Hindistonning Texnologiya instituti Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi (Department of Humanities and Social Sciences Indian Institute of Technology) a'zosi Dr. Tabassum Qazi bilan birgalikda Zoom platformasi orqali online vebinar tashkil qildi. Dr. Tabassum Qazining online ma'ruzalari  pandemiya davrida amalga oshirish mumkin bo'lgan sotsial-psixologik tadqiqotlarga bag'ishlangan bo'lib, unda nafaqat mutaxassis professor-o'qituvchilar, balkim, sotsial psixologiya va metodologiyani o'rganayotgan doktarantlar, magistrlar va universitetning talabalari ishtirok etishmoqda. Ingliz tilida olib borilayotgan ushbu online vebinardan barcha qatnashchilar mamnunlar hamda ular yangi bilimlarni egallashga harakat qilyabdilar.

Mualiflar: Sh.B.Axmedova, S.Ya.Umarov