Krista Pikkat, YuNESKO Markaziy Osiyo Klaster vakolatxonasining raxbari: (Qozog’iston)

img

- Samarqand davlat universiteti Ulugʼbek madrasasining vorisi mavzusiga bagʼishlangan xalqaro onlayn-konferentsiyada ishtirok etayotganimdan juda xursandman.

Konferentsiya dastruriga kiritilgan maʼruzalar Mirzo Ulugʼbek madrasasi va zamonaviy taʼlim tizimiga asos solingan sananing 600 yilligiga bagʼishlangan. Dasturdan koʼrinib turibdiki, ilmiy anjumanda boy tajribaga ega yirik mutaxassislar qatnashmoqda.

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining markazlaridan biri boʼlgan Markaziy Osiyo va uning "yuragi" Oʼzbekiston jahon fani rivojiga salmoqli hissa qoʼshgan buyuk allomalar va mutafakkirlarning vatanidir.

Buyuk matematik va astronom, davlat rahbari, ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat fidoyisi, qomusiy olim Mirzo Ulugʼbek ushbu mutafakkirlar qatorida alohida oʼrin egallaydi.

Аmir Temur va Temuriylar Renessansining shakllanishi va rivojlanishida Markaziy Osiyodagi qadimiy madaniyat va maʼrifat markazlaridan biri boʼlgan Samarqand shahri muhim ahamiyat kasb etadi.

          Sharq koʼlyozmalarini tahlil qilganda Oʼrta asrlar davrida ilm-fan rivoji jadal rivojlangani koʼzga tashlanadi. Oʼsha paytdagi ilm-fan va taʼlim jarayoni holatini tahlil qilgan Mirzo Ulugʼbek jamiyat ravnaqi va barqaror rivojlanishida zamonaviy taʼlim va taʼlim olish huquqiga barcha fuqarolar ega boʼlishi muhimligini anglab mintaqada bir qator madrasalar qurishga kirishgan.

Manbalarda koʼrsatilganidek ushbu Ulugʼbek madrasasi – madrasai oliya maqomiga ega boʼlib unga tutash yana bir nechta madrasalar oʼz faoliyatini hamkorlikda olib borgan.

YuNESKO faoliyatida hamkorlikda tashkil qilingan kafedralar alohida eʼtiborga sazovor. Shuning uchun Samarkand davlat universietida YuNESKO shafeligida Samarkand tarixi kafedrasini tashkil qilish maksadga muvofik boʼladi, deb oʼylayman va tashkilotimiz tomonidan amaliy yordam koʼrsatishga tayyormiz.

Mazkur kafedra xodimlari bir qator nufuzli universitetlar jamoalari bilan hamkorlikida mintaqadagi ilm-fan, taʼlim, maʼnaviyat va maʼrifat tarixini oʼrganib ushbu jarayonlarning bugungi kunga mos yutuqlarini chuqur tahlil etib, universitetlarda qoʼllashlari mumkin boʼladi.

YuNESKO tashkiloti fan va taʼlim tarixiga bagʼishlangan izlanishlarini, loyihalarini har doim qoʼllab-quvatlaydi. Mazkuk yoʼnalishda tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning ishlariga befarq emas.

Tarix bu biznimiz, kelajagimiz hayotimizga boʼlgan toʼgʼri munosabatimiz.

Men Samarkand davlat universieti professor-oʼqituvchilarini, talabalarini SamDUning 600 yilligi bilan tabriklayman. Ushbu yoʼnalishdagi ishlar davom etishiga, yangi-yangi maʼlumotlar va maktablar topilishiga ishonaman.