Ye.Li professor, Keimyung universiteti prorektori: (Janubiy Koreya)

img

-         Samarqandga ilk bor safarim davomida uning gavhari boʼlgan Ulugʼbek madrasasi oldida juda koʼp vaqtimni oʼtkazdim.

Dovrugʼi yetti iqlimga tarqalgan ushbu taʼlim, maʼrifat va maʼnaviyat oʼchogʼi toʼgʼrisida maqolalar oʼqigan edim.

Oʼrta Osiyo tarixi boʼyicha suhbatlarda, bahs munozaralarda ushbu madrasaga oid yangi maʼlumotlarga ega boʼlgan edim.

Manbalarda koʼrsatilganidek Ulugʼbek madrasasi – madrasai oliya maqomiga ega boʼlib unga tutash yana bir nechta madrasalar uning boʼlimlari, filiallari sifatida ish yuritganlar .

Madrasada dars bergan mudarrislar oʼz navbatida Rasadxonada ilmiy tatqiqotlar olib borganlar va ilmu toliblarga rahbarlik qilganlar.

Bundan koʼrinib turibdiki, Mirzo Ulugʼbek asos solgan va oʼzi ham dars bergan madrasada, taʼlim jarayoni nazariy va amaliy koʼnikmalar chambarchas bogʼlangan holatda olib borilgan.

Shu oʼrinda yana bir bor taʼkidlash kerakki Samarqanddagi Ulugʼbek oliy madrasasi butun dunyoga mashhur boʼlgan. Bu dargohda boshlangan ilmiy ishlar keyinchalik boshqa mamlakatlarga ham koʼchib oʼtgan.

Samarqand davlat universiteti mana shu buyuklik va yuksaklikning davomchisi hamda vorisidir. Kelgusida ushbu jamoa aʼzolari bilan keng va sermahsul hamkorlikni yoʼlga qoʼymokchimiz. Bugungi kunda turli sohalarda faol mehnat qiladigan yoshlarni - muhandislik mutaxassisliklarida tahsil olishlari uchun bir qator taʼlim dasturlarini yaratish rejamiz bor.

Janubiy Koreyaning Keimyung universiteti 60 yillik tarixga ega boʼlgan universitet sifatida oʼzidan 10 marta koʼproq tarixga ega Samarqand davlat universiteti bilan almashinuv va hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdordir.

Dastlabki harakatlarimiz natijasida 2017 yili Keimyung universiteti Koreyaning KOICА tashkiloti koʼmagida Oʼzbekistonda avtomobilь sanoatini rivojlantirish va Samarqand viloyatida ishchilar daromadini oshirish boʼyicha hamkorlikdagi loyihani olib bormoqda.

Men 600 yoshga kirgan SamDUning professor-oʼqituvchilarini, talabalarini va butun Oʼzbekiston xalqini ushbu bayram bilan tabriklayman!