Yefim Pivovar akademik, Rossiya davlat gumanitar universiteti prezidenti: (Rossiya Federatsiyasi)

img

- Keyingi yillarda Rossiya davlat gumanitar universiteti va Samarqand davlat universiteti oʼrtasida hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda. Kelgusida biz SamDU bilan juda katta loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz.

Men tarixchi olim sifatida xalq deputatlar Samarqand viloyat Kengashining 2020 yil 26 iyundagi qarori bilan Samarqand davlat universitetining 600 yillik yubileyini 2020 yil 21 sentyabrь kuni nishonlash taklifi qoʼllab-quvvatlanganini juda katta mamnuniyat bilan qabul qildim.

Mazkur yubiley tantanalarini oʼtkazish dasturidan bir qator tadbirlar oʼrin olgan. Ular nafaqat madrasai oliyaga oid tarixiy maktablarni teran ildizlarini eʼtirof etish balki bugungi kunga mos uslubiyat namunalarini tahlil qilish va zamonaviy universitetlar tizimiga tatbiq etishdan iborat.

Moziyga nazar tashlaydigan boʼlsak, Mirzo Ulugʼbek asos solgan madrasi va uning tizimida faoliyat koʼrsatgan bir nechta madrasalar oʼz zamonasining yirik taʼlim tizimini tashkil dargohlari hisoblangan. Yozma manbalarning guvohlik berishicha Ulugʼbek madrasi Oʼrta Osiyo mintaqasida qolaversa butun dunyo eng mashhur madrasalar yetakchisi boʼlgan. Madrasada oʼqish uchun alohida iqtidorga ega boʼlgan yoshlar tanlangan. Madrasaga tajribali mudarrislar turli mintaqalardan taklif etilgan. Madrasa tizimida bir qator tabiiy, anik, ijtimoiy–gumanitar fanlar ilohiyot va dinshunoslik hamda bir nechta chet tillardan darslar tashkil qilingan. Madrasa bitiruvchilari oʼz navbatida boshqa madrasalarda faoliyat koʼrsatganlar va madrasai oliyaning dovrugʼini keng tarqatganlar.

2020 yil 16-17 iyulь kunlari “Samarqand davlat universiteti – Ulugʼbek madrasai oliyasining vorisi” mavzusida onlayn xalqaro konferentsiya oʼtkazildi. Ushbu anjumanda men Ulugʼbek madrasasida oʼrganilgan ilmlar naqadar toʼgʼriligi borasida fikrlarimni bildirdim shuningdek madrasaning laboratoriyasi vazifasini oʼtaganrasadxonada birinchilardan boʼlib, yulduzlar joylashuvi jadvalini yaratilishi dunyo olimlari tomonidan ham eʼtirof etilganligini yana bir marta taʼkidlashni istayman. Ulugʼbek va uning shogirtlari tomonidan olib borgan ilmiy tatqiqotlar bugungi kunda ham oʼz ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq.

Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulugʼbek oliy madrasasining bevosita vorisi ekanligi hamda uning taʼsis etilish tarixi 1420 yilga borib tutashishi keltirilgan. Samarqand davlat universitetining yoshini 600 yil etib belgilash, Oʼrta Osiyo mintaqasida taʼlim tizimining qadimiy ekanligini eʼtirof etish va tarixiy haqiqatni tiklash oʼta muhim ahamiyatga ega.

Mirzo Ulugʼbek asos solgan oliy madrasani davomchisi sifatida Samarqand davlat universiteti jamosining kelgusi ishlariga muvafaqqiyat tilayman!