Аxtarul Vassey professor, Mavlona Ozod universiteti rektori: (Hindiston)

img

- Madrasalar Hindistonda Islom dini kirib kelgandan boshlab faoliyat koʼrsata boshlagan. Madrasa muhim oʼquv markazi boʼlib, u nafaqat islom ulamolarini yetishtirishda, balki muhandislar, shifokorlar, meʼmorlar va faylasuflar tayorlashda ham muhim ahamiyat kasb etgan. Dehlidagi, Lahor, Jaunpur yoki Bidar madrasalarining barchasi mukammal taʼlim dargohlari vazifasini oʼtagan. Madrasalardan turli sohalar boʼyicha mashhur olimlar va shaxslar yetishib chiqqgan. Ulardan biri Toj Mahalning meʼmori Аhmadiy Lahoridir. Madrasalar bu bizning ilk bilim beradigan va bilim oladigan dargohlar hisoblanadi va shuning uchun ularni biz oʼsha zamonlardagi universitetlar, deb atasak xato qilmagan boʼlamiz.

Hozirgi kunda ham Hindistonda madrasalar juda yaxshi ishlamoqda. Hindiston hukumati madrasalarda taʼlimni kuchaytirish va modernizatsiya qilishda moliyaviy yordam koʼrsatmoqda.

Samarqand davlat universitetining 600 yilligi bu butun dunyoda keng nishonlanadigan xaqiqiy bayramdir. Ulugʼbek oliy madrasasining maʼrifat ziyosi nafaqat Hindistonga balki butun Sharq olamiga taralganligini yuqoridagi tarixiy haqiqatlar ham koʼrsatib turibdi.