Ye.Baba professor, Soka universiteti prezidenti: (Yaponiya)

img

Samarqand davlat universiteti tashkil topganligining 600 yilligiga bagʼishlangan tarixiy konferentsiyada nutq soʼzlashim, men uchun juda katta sharaf boʼldi. Ulugʼbek madrasasi pedagogik anʼanalarini davom ettirilishiga hissa qoʼshgan barchani tabriklashga ruxsat bergaysizlar.

Yaponlar tarixni juda qadrlashadi. Tarix hurmat qilinsa, kelajak taraqqiy etishiga ishonishadi. Samarqand davlat universitetining yoshi Ulugʼbek oliy madrasasi bilan tengligiga xech qanday shak-shubha yoʼq. Аxir Ulugʼbek oʼzbek xalqining faxr-iftixoriku.

Hozirgi epidemik vaziyat tufayli biz Samarqandning yuragi, Registon maydoniga, unda qad rostlagan Ulugʼbek madrasasiga tashrif buyura olmadik. Oʼtgan yili Soka universitetiga Samarqand davlat universiteti prorektori Muxtor Nosirov, fizika fakulьteti dekani Аhmad Аbsanov hamda professor-oʼqituvchilar tashrif buyurishgandi. Hozirda SamDU bilan hamkorlik shartnomamiz mavjud boʼlib, faol ishlamoqda.

Mening Samarqand davlat universitetiga tashrifim va rektor Rustam Xolmurodov bilan hamkorlik shartnomasini imzolashimiz bir umrga esdan chiqmaydigan lahazalar boʼldi.

Oʼzbek hamkasblarimizning Samarqand davlat universitetining eng yaxshi binolaridan birida yapon tilini oʼrganish markazini tashkil qilish boʼyicha qarorlari menda juda katta taassurot qoldirdi. Ushbu markazda bizning universitetimiz bitiruvchisi yapon tili oʼqituvchisi sifatida faoliyat yuritayotganligi universitetlarimiz oʼrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Men ishonamanki, salohiyatli rektor Rustam Xolmurodov rahbarligida universitet yanada rivojlanadi.

Soka universiteti kampusida, Ulugʼbek madrasasida oʼqigan, Markaziy Osiyoning buyuk shoiri Аlisher Navoiyning haykali oʼrnatilgan. Bu bizning talabalarimizga Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan buyuk allomalar toʼgʼrisida maʼlumot beradi. Bu bilan ikki buyuk madaniyatning tutash joylarini koʼramiz va Navoiyning haykali Soka universitetida boʼlishi biz uchun juda katta sharaf, deb hisoblayman.

Sizlarni yana bir bor Samarqand davlat universitetining 600 yilligi bilan tabriklayman. Men Samarqand davlat universitetiga juda porloq kelajak tilayman va Ulugʼbek madrasasining vorisi sifatida butun dunyoga maʼrifat tarqatishiga ishonaman.