SamDU - xalqaro miqyosdagi madaniy-ma'rifiy KASKAD loyihasining hamkori

img

2020 yil 28 sentyabrdan 3 oktyabriga qadar Xalqaro KASKAD konsortsiumning Iqtisodiyot va Menejment Maktabi ishtirokchilari uchun, SamDU Raqamli iqtisodiyot, Ekologiya va geografiya fakultet professor-o’qituvchilari va Xalqaro hamkorlik bo’limi tomonidan ma’ruzalar va seminarlar tashkil etildi.

Ushbu konsortsium loyihasi qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan va ushbu konsortsiumda 15ta O’rta Osiyo davlatlarining quyidagi oliy ta’lim muassasalari qatnashayapti:

1. Samarqand davlat universiteti

2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

3. Berdah nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

4. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

5. Namangan muhandislik qurilish instituti

6. A. Baytursynov nomidagi Qo'stanay davlat universiteti

7. Jangirxon nomidagi G'arbiy Qozog'iston agrar texnika universiteti

8. Saken Seyfullin nomidagi Qozoq agrotexnika universiteti

9. Qozoq milliy agrar universiteti

10. M. Dulatov nomidagi Qo'stanay muhandislik-iqtisodiy universiteti

11. M.X. Dulati nomidagi Taraz mintaqaviy universiteti

12. K.I. Skryabin nomidagi Qirg'iziston milliy agrar universiteti

13. Ozarbayjon davlat agrar universiteti

14. Armaniston milliy agrar universiteti

15. Shotemur nomidagi Tojikiston agrar universiteti

Zoom platformasida 6ta mamlakat universitetlaridan 120 nafardan ortiq ishtirokchilar uchun universitetning Raqamli iqtisodiyot, Ekologiya va geografiya fakultetlarining 11 nafar professor-o'qituvchilari «Atrof-muhit iqtisodiyoti» bo'yicha ma'ruzalar o'qildi: Professor Bahodir Safarov, Dotsent Dilafruz Usmonova, Dotsent Saodat Alibekova, Professor Orzimurod Rahmatullaev, Assistent Rasuljon Mamajhonov, Dotsent Axtam Nizamov, Dotsent Ma'ruf Usmonov, Dotsent Muxtor Nosirov va yordamchi Azamat Ahmedov.

Ushbu seminarlarni tashkil etishda katta o'qituvchi Jasur Ahmedov va assistent Zumrat Orzuqulova faol ishtirok etdilar.

KASKAD Xalqaro Iqtisodiyot va Menejment Maktabining tashkil etilishining asosiy maqsadi konsortsiumdagi 15ta OTMlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va sohalar bo’yicha mutaxassislarni malaka oshirishga qaratilgan. To’rt oy davomida, ishtirokchilar har bir universitetda tashkil etilgan haftalik ma'ruzalar va seminarlardan iborat ma'ruzalar kursini o'tadilar, so'ngra imtihonlarni topshiradilar. Darslar oxirida imtihonlarni topshirgan ishtirokchilar, KASKAD konsortsium sertifikatni va universitetlarining tanlov fani bo'yicha baho olishadi.