Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

img

Samarqand davlat universitetida oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 31 yilligi munosabati bilan oʼtkazilgan bayram tadbiri ana shu shior ostida boʼlib oʼtdi.

Tadbir avvalida Samarqand davlat universiteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori Aminjon Aymatov soʼzga chiqib, yigʼilganlarni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Prezidentimiz qaroriga koʼra, bu yil ushbu sana umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotganini taʼkidladi.

Professor-oʼqituvchilar, fakultetlar dekanlarining yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosarlari, akademik guruhlar murabbiylari va talabalar ishtirok etgan tadbirda Oʼzbek tilshunosligi kafedrasi professori Suyun Karimov, dotsent Shavkat Mahmadiev hamda Istanbul universiteti Qardosh turk lahjalari va adabiyotlari boʼlimi tadqiqotchisi M.Mamatqulovaning maʼruzalari tinglandi.

Oʼzbek tilshunosligi kafedrasi professori Suyun Karimov

Oʼzbek tilshunosligi kafedrasi dotsent Shavkat Mahmadiev

Tadbir soʼngida universitet talabalari tomonidan ZOOM platformasi orqali tilimizni ulugʼlovchi sheʼrlar oʼqilib, kuy-qoʼshiqlar ijro etildi.