UNIVERSITETIMIZ KIMYOGARLARINING NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATI

img

Kimyo fakulteti xodimlari dots.D.M.Aronboyev, prof.S.D.Aronbaev, tayanch doktorant G.Z.Narmayeva, prof.A.M. Nasimov, magistrant D.T.Isakova va talaba S.B.Jurayevalar tomonidan "Voltamperometrik analiz uchun elektrod" ishlab chiqqanliklari uchun O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining huquqi (patent) hujjatlarini oldi: FAP 01505. Foydali model voltamperometriyaning imkoniyatlarini kengaytiradi va atrof-muhit ob'ektlari, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlarida noorganik va organik moddalarning past konsentratsiyasini aniqlashga imkon beradi. Tadqiqot natijalari nufuzli xorijiy jurnallarda nashr qilindi, bir qator xalqaro konferensiyalar va taqdimotlarda namoyish etildi. Voltamperometrik analiz uchun elektrodlar kimyo fakultetining "Ekologik tizimlar va qurilmalar" ilmiy laboratoriyasida sinovdan o'tkazildi. Shuningdek, NPO “El-Holding” (O'zbekiston) va "Ximprodukt" MChJ (Penza, Rossiya Federatsiyasi) tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi. Ushbu elektrodlarni ishlab chiqarish tijoriy ahamiyat kasb etadi va sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun tavsiya qilinadi. Ushbu elektrodlar konstruksiyasi dissertatsiya tadqiqotlari davomida ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini ta'kidlash quvonchlidir.