“BAYROG‘IM – FAXRIM, G‘URURIM”

img

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Davlat bayrog‘i – faxrim, g‘ururim!” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Keng jamoatchilik ishtirok etgan tadbirda davlatimiz bayrog‘i o‘zida O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklarini, ajdodlar yodi va millat g‘ururini mujassam etgani, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangani, alohida hurmat va ehtiromga sazovor ekani ta’kidlandi.
Tadbirda qatnashgan shoir va yozuvchilar, harbiylar, Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan Vatan, istiqlolni madh etuvchi she’rlar o‘qildi.