YOSH OLIMNING YUTUGʻI

img

Biologiya fakulteti dotsenti B.S.Alikulov Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan hamkorlikda “Biogaz olish usuli”ni ishlab chiqqanligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining  IAP 06317 raqamli  patentini olishga muvaffaq boʻldi. Mazkur usul biogaz olishda maishiy oziq-ovqat chiqindilari, qoramol go'ngi, sellyuloza va proteinaza aralashmasidan tashkil topgan organik substratlar hamda oʻsimlik biomassalaridan xomashyo sifatida foydalanishga asoslangan boʻlib, ixtiro muqobil energiya manbalari xilma-xilligini oshirishga xizmat qiladi.